Prasmotr.uz Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qoidalar va maxfiylik siyosati

Buyurtmachilar uchun

  • LOT byudjeti va xizmat haqi oldindan o'tkaziladi; LOT to'lov tasdiqlangach ochiladi.
  • Qoralama video belgilangan muddatda ko'rib chiqiladi. Rad etishda brifning bajarilmagan bandi ko'rsatiladi; 2 martagacha tuzatish so'rash mumkin.
  • To'lov faqat minimal porogdan o'tgan videolar uchun, LOTda ko'rsatilgan stavka va chegara bo'yicha hisoblanadi.
  • LOT yopilgach ishlatilmagan byudjet va uning xizmat haqi qaytariladi.
  • Taqiqlangan tovar va xizmatlar, yolg'on va'dalar, boshqa brend nomidan reklama qabul qilinmaydi.

Creatorlar uchun

  • Faqat o'zingizga tegishli, tasdiqlangan Instagram akkauntidan foydalaning. Profil ochiq bo'lishi kerak.
  • Instagramga aynan buyurtmachi tasdiqlagan video joylanadi. Boshqa yoki eski video biriktirilsa, to'lov bekor qilinadi.
  • Hisoblash davrida videoni o'chirmang, arxivlamang va profilni yopmang.
  • Sun'iy (sotib olingan) prosmotr, like yoki comment aniqlansa, haq bekor qilinadi va akkaunt bloklanadi.
  • Davr tugagach haq bir necha kun ushlab turiladi, keyin kartaga yechish mumkin bo'ladi.

Nizolar

Shubhali natija yoki shikoyat bo'lsa, bahsli summa muzlatiladi va platforma ma'muriyati qaror qabul qiladi.

Qanday ma'lumot olamiz

Ism, telefon raqami, Telegram, Instagram akkaunt nomi, yuklangan qoralama videolar hamda ochiq profildagi Reels'larning hamma ko'ra oladigan sonlari (prosmotr, like, comment). Instagram parolingizni so'ramaymiz. Platforma paroli xesh ko'rinishida saqlanadi. To'lov uchun kiritilgan karta raqami faqat pul o'tkazish uchun ishlatiladi.

Ma'lumotlarni o'chirish

Akkauntingiz va ma'lumotlaringizni o'chirish uchun yordam xizmatiga yozing — so'rov 7 kun ichida bajariladi.